«Real» yarim himoyachisi Xames Rodriges «Bavariya»ga ijaraga berilishidan avval "Qirollik klubi" bilan yangi shartnomaga imzo chekdi. Unga ko'ra, Xames 2021 yilga qadar "Real" a'zosi hisoblanadi. Kolumbiyalik futbolchining avvalgi shartnomasi 2019 yilga qadar mo'ljallangandi.
Eslatib o'tamiz, myunxenliklar yarim himoyachini 2 yilga ijaraga olishdi. "Bavariya" 2 yildan keyin Xamesning transfer huquqini 40 million evroga sotib olish huquqiga ega.