Ispaniya OAVsi tarqatgan ma'lumotga qaraganda, Frantsiyaning «PSJ» klubi hujumchisi Neymar shartnomasini uzaytirishi mumkin.
28 yoshli braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyida o'z yakuniga etadi.
Avvalroq, Neymar «Barselona» yoki «Real» klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi. Biroq, so'nggi kunlarda Neymar va «PSJ» rahbariyatining o'zaro munosabatlari tiklandi.