"Real" agar yozda jamoa yarim himoyachisi Luka Modrich jamoadan ketadigan bo'lsa, "Real Sosedad"da ijarada bo'lib turgan Martin Edegorni ortga qaytarishni rejalashtirmoqda.
Xabarlarga ko'ra, 2021 yilda shartnoma muddati yakunlanadigan xorvatiyalik futbolchi mavsumlar oralig'ida klubdan ketadi va uning o'rniga norvegiyalik o'yinchi olib kelinadi.
Edegor joriy mavsum La Ligada 20ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etgan.