"Real" hujumchisi Alvaro Morata Xitoydan aqlbovar qilmas taklif oldi.
"Tyantszin Tsyuantszyan" futbolchiga 30 million evro yillik maosh taklif qildi, deya xabar tarqatdi Onda Cero. Ma'lumotlarga qaraganda, Morata ushbu taklifga rad javobini bergan. Boisi, u faoliyatini Xitoyda davom ettirish niyatida emas.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" shu kunlarda Morata uchun "Real"ga 80 million evro taklif qilgandi. "Qirollik klubi" esa hujumchini 90 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.