"Vulverxempton" yarim himoyachisi Adama Traore yoshligida "Barselona"da to'p surgan bo'lsa ham, "Real"ga o'tishi mumkinligini aytdi.
"Bu men uchun muammo bo'lmaydi. Men bunday imkoniyatlarni rad etmayman, bu haqiqat. Hozirgi jamoamda men baxtliman, o'ylaymanki, bizda ajoyib jamoa bor.
"Real" yoki "Barselona" meni taklif etishini ahamiyati yo'q, ammo mening o'ylashimcha futbolchi sifatida o'sishda davom etaman.
Men "Barsa"da yuz bergan voqeadan xafa emasman. Ba'zi klublarning qarorlari tufayli butun klub bilan bog'liq muammolar bo'lishi mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Madridga ko'chib o'tadigan bo'lsam, menda muammolar bo'lmaydi. Hammasi takliflar asosida hal qilinadi", - dedi Traore AS nashrida.