Kataloniyaning "Barselona" klubi sardori Lionel Messi Madridning "Real" klubidan Krishtianu Ronaldu ketganidan keyin, jamoada pasayish bo'lgani haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu "qaymoqranglar" safida 2009 yildan 2018 yilgacha harakat qilib, 438 ta uchrashuvda maydonga tushib, 450 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.
"Real” Ronalduni yo'qotganidan so'ng golllari sonini keskin tushirib yubordi.Bunday bo'lishi aniq edi. Shu bilan birga Krishtianu klubga ko'plab boshqa ustunliklarni berardi. Uning samaradorligi odatiy narsa sifatida qabul qilinadi, ammo "Real"ning tarkibida yulduz futbolchilar yig'ilgan bo'lishiga qaramasdan, bir mavsumda 50 ta gol uradigan futbolchi topilmayapti", - Messining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Mundo Deportivo.