Dortmundning “Borussiya” safida ijarada to'p surayotgan “Real” himoyachisi Ashraf Hakimi “arilar” safini tark etmoqchi emasligini ma'lum qildi.
“Yozda men “Real”ga qaytishim kerak, ammo ungacha vaqt bor. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan. Men o'sishni xohlayman. Germaniyada menga bu uchun imkon berishyapti”, deydi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Ashraf 2018 yildan buyon “Borussiya” safida to'p surib kelmoqda. U 61ta o'yinda ishtirok etib, 9ta gol urgan hamda 16ta golga assistentlik qilgan.