Frantsiyaning “PSJ” klubi hujumchisi Mauro Ikardi ijara shartnomasi yakuniga etganidan keyin jamoani tark etadi deya xabar tarqatmoqda Tuttosport.
Manbaning yozishiga qaraganda, "Yuventus" klubi rahbariyati Ikardini sotib olish niyatida, lekin jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarri uni jamoada ko'rish niyatida emas.
Futbolchining o'zi esa faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi.
“PSJ” Ikardini "Inter"dan sotib olishi aniq emas.
Ikardi joriy mavsumda “PSJ” tarkibida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol kiritdi.