«Portu»ning ispaniyalik darvozaboni Iker Kasilyas klub prezidentini faoliyatini yakunlayotgani haqida ogohlantirdi.
Jorje Nunu Pintu da Koshtaning so'zlariga ko'ra, 38 yoshli darvozabon maydon tashqarisidagi rejalarini amalga oshirmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Kasilyas Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) prezidentligiga o'z nomzodini qo'ymoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqatilgandi.
Kasilyas ushbu qarorni qabul qilishdan oldin “Portu” klubi ofisiga tashrib buyurdi va klub prezidenti bilan rejalari haqida o'rtoqlashdi.
«Uning rejalarini eshitib xursand bo'ldim. U meni hayajonlantirdi. Kasilyasning professional faoliyati a'lo darajada o'tdi, u atigi ikkita jamoada o'ynadi xolos. Ikki klub ham uning yuragining tubidan joy olganini bilamiz. Men uni sog'inaman», - da Koshtuning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda O Jogo.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Kasilyas mashg'ulot chog'ida yurak kasalligini boshdan kechirgan, keyinroq esa operatsiya qilingandi. Noyabr oyida esa «Portu» mashg'ulotlariga qaytgan edi.