Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. Jamoalarda guruh bosqichidan so'ng nimalar o'zgardi?!

.
- Yuklab olish

“Barselona” jamoasida yangi bosh murabbiy, Dortmund klubida yangi yulduz… Stadion.uz EChL pley-off o'yinlari oldidan jamoalarda yuz bergan muhim o'zgarishlarga qisqacha to'xtalib o'tadi.

Avvalari EChL o'yinlari uchun birorta jamoada ro'yxatdan o'tgan futbolchi boshqa jamoaga o'tgach, musobaqani boshqa jamoa safida davom ettirish huquqidan mahrum bo'lar edi. O'tgan yili UEFA reglamentga o'zartirish kiritdi. Endilikda, reglamentning  45.02 punktiga ko'ra boshqa jamoada ro'yxatdan o'tgan futbolchi  qishda borib qo'shilgan jamoasida EChL uchrashuvlarida maydonga tushishi mumkin.

“Liverpul”

Bu erda Takumo Minaminoning transferini inobatga olmasa, hech narsa o'zgargani yo'q. Albatta, natija berayotgan jamoada o'zgarishlar qilishdan nima naf?

“Atletiko Madrid”

Felishning jarohati Simioneni ancha qiyin ahvolga solib qo'ymoqda. Boz ustiga, Kosta va Moratalar ham endigina jarohatdan forig' bo'lishdi. Ular yo'qligida Simione hujumda Korea va Vitoladan foydalanayotgan edi. Qishki tranferlar chog'ida klub  klub Yannik-Fereyra Karaskoni Xitoy chempionatidan ortga qaytardi. Shuningdek, mavsum boshida o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan Markos Lorente sekin-asta asosiy tarkib futbolchisiga aylanib bormoqda.

PSJ

EChL guruh bosqichidagi o'yinlarning 4 tasini jarohat va  diskvalifikatsiya sababli o'tkazib yuborgan Neymar yana safga qaytgan va jangga shay. U ayni damda har doimgidanda jangovar ruhda “Borussiya Dortmund” bilan bo'ladigan uchrashuvni kutmoqda.

“Borussiya Dortmund”

Jamoa safiga yangi super hujumchi Erling Xoland kelib qo'shilganidan xabaringiz bor. Norvegiyalik futbolchi 6 ta o'yinda 9 ta gol urishni uddladi va muxlislarning yoqimtoyiga aylanib oldi.
Shuningdek, dortmundliklar “Yuventus”dan Emre Janni ham xarid qilishdi. Afsuski, yo'qotishlar ham yo'q emas. Jamoa PSJga qarshi uchrashuvda Marko Roysning hizmatlaridan foydalana olmaydi. “Sariq-qora”lar sardori yana jarohat olgani bois safdan chiqdi.

“Valensiya”

Bobur Akmalovning sevimli jamoasida guruh bosqichidagidan farqli o'laroq, muammolar yo'q yatarlicha topiladi. “Atalanta”ga qarshi uchrashuv oldidan jamoa jarohatlarga “ko'milib qoldi”. Masalan, markaziy himoyachilarning bir yo'la (Garay, Paulista) ikkitasi jarohat olgan bo'lsa, qishda safga qo'shib olingan Florentsi kasal bo'lib qoldi.

Bu ham hali hammasi emas. Jamoaning asosiy darvozaboni Sillisen ham jarohati sababli o'z o'rnini Xaume Domenekka bo'shatib bergan. Eng achinarlisi, jamoaning bu mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi va to'purari – Rodrigo ham jarohatidan tuzalish bilan band.

“Atalanta”

Djan Pero Gasperini jamoasi barchani hayron qoldirishni davom ettirmoqda. Jamoada kuzdan beri aytarli o'zgarish amalga oshganicha yo'q. Raqibga moslashib o'yin ko'rsatadigan “Atalanta”ni oson bo'lmagan “Valensiya” kutib turibdi.

“RB Leyptsig”

Nemis klubi qishda o'ziga kerak bo'lmagan bir nechta futbolchilarni qo'yib yubordi. Nagelsmanning o'yin uslubida katta ro'l o'ynaydigan Diego Damme “Napoli”ga o'tib ketdi va jamoa uning o'rnini Dani Olmo bilan to'ldirdi.

Bundan tashqari, “buqalar” “Manchester Siti”dan Anhelinoni ijaraga olishdi. Jamoaga qishda kelib qo'shilgan ikkita futbolchi ham asosiy tarkibdan muhim o'rin olishga muvaffaq bo'lishdi.

“Tottenhem”

“Shpolar” pley-off bosqichiga katta yo'qotishlar bilan etib kelishdi. Jamoa sardori Harri Keyn safdan jarohat sabab chiqqan bo'lsa, Kristian Eriksenni “Inter”ga sotib yuborishdi.

Klub ketganlarning o'rnini Steven Bergveyn va jadson Fernandeshlar bilan to'ldirgan bo'lsada, muammolar etarlicha topiladi. Hozircha yangilardan faqat gollandiyalik futbolchigina asosiy tarkibda o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi.

“Real Madrid”

Eden Azar EChLning 5-turi oldidan jiddiy jarohat olgan va 3 oy safdan chiqqani ko'pchilikning yodidan ko'tarilmagan bo'lsa, ajab emas. Ayni damda belgiyalik futbolchi “Siti”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushish imkoniga ega.

Zidan iloji boricha rotattsiya qilishga urunmoqda. Aynan rotatsiya sababli “qirollik klubi” “Qirol kubogi”dan erta chiqib ketdi. Murabbiy iloji boricha yosh va iqtidorli futbolchilani yangi darajaga olib chiqish bilan band.

“Manchester Siti”

“Shaxarliklar”da muammolar har doimgidanda ko'proq. UEFAning ta'qiqi, Sterlingning “Real Madrid”ga o'tishi haqidagi mish-mishlar, ikkinchi dvizionga tushib ketish havfi …  Garardiola o'zini juda yomon ko'radigan “Santiyago Bernabeo”ga tashrif buyuradi. Ayni damda, jamoadagi futbolchilarning qanday kayfiyatda ekanligni bilib olish uchun eng qulay imkoniyat!

“Chelsi”

“Aristokratlar” qishda transfer ta'qiqidan qutilganiga qaramay, aytarli xaridni amalga oshirmadi. Hakim Zieshni inobatga olmasa ham bo'ladi. Morakoshlik futbolchi “Chelsi” safiga yozda kelib qo'shiladi. Shuningdek, jamoada darvozabon bilan ham muammo ko'zga tashlanmoqda. Kepa ishonchdan chiqqan bo'lsa, Villi ishonchga kira olmayapti.

“Bavariya”

Yangi jamoa bosh murabbiyi bilan yana kurashga qaytgan Myunhenliklarning ishlari chakki emas. Luka Ernandes jarohatdan forig' bo'lib safga qaytdi. Perishich jarohat oldi va safdan chiqdi. Barchaning umidi katta bo'lgan va guruh bosqichining barcha o'yinida ishtirok etgan Koutino esa asosiy tarkibdan tushib qolishni boshladi.

“Barselona”

Bugungi ro'yxatda eng ko'p o'zgarishlarni boshidanb kechirgan jamoa bu so'zsiz “Barselona” bo'ladi. Jamoa Suaresdan pley-off o'yinlarida foydalana olmagani etmagandek, murabbiyni almashtirishga ham ulgurdi. Seten o'z faoliyatida ilk bor EChL havosidan nafas olish imkoniga ega. Eng achinarlisi esa, endigina jarohatdan qutilgan Usman Dembele yana jarohat oldi va mavsumni o'zi uchun yakunladi.

“Lion”

Fransuz klubi Memfis Depayning hizmatlaridan foydalana olmaydi. Jamoa uni o'rnini to'ldirish maqsadida Karl Ekambini o'z safiga qo'shib oldi. Kemerunlik futbolchi yangi jamoasida o'zini yaxshi his qilmoqda. 5 ta uchrashuvda maydonga tushgan hujumchi 2 ta gol va 1 ta assisni amalga oshirishga ham ulgurdi.

“Yuventus”

Quvonarlisi shundaki, Ronaldu o'z an'analariga sodiq qolgancha, pley-off o'yinlariga ajoyib formada etib keldi. Turin super klubining asosiy qartasi yangi jamoasi bilan EChLda g'alaba qozonsa, “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishi mumkin. Portuglaliyalik futbolchi guruh bosqichida atigi 2ta gol kiritgan bo'lsada, uning pley-offdagi ishtiroki ko'p narsani hal etishi mumkin.

BestMaster
19 Fevral 2020, 01:00
jamoalarda, guruh, bosqichidan, song, nimalar, ozgardi?!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads