«Real» yarim himoyachisi Reyner madridliklar safidagi taqdimot marosimida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashib o'tdi.
«Xayrli kun. Bu men uchun baxtli kun. Bugun bolalikdagi orzum amalga oshdi. Prezident, klub rahbariyati va oila a'zolarimga rahmat aytaman. Ularsiz men hech qachon bu erga kelmagan bo'lardim. Men bu jamoa tarixining bir bo'lagiga aylanishni istayman, Olg'a, «Real»!» – dedi Reyner.
Reyner 30 million evro evaziga yanvar oyida «Real» a'zosiga aylandi. Futbolchi bundan keyin «Kastilya» safida o'ynay boshlaydi.