"Manchester Siti" klubi futbolchisi Rahim Sterlingning agenti Eydi Uord futbolchining "Real"ga o'tishi borasidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi.
"Rahim to'liq "Manchester Siti"ga tegishli va boshqa jamoaga o'tish borasida gap-so'z bo'lishi mumkin emas", deya agentning so'zlarini keltiradi "Mirror".
Eslatib o'tamiz, "Real" Sterling uchun 220 mln evro taklif qilishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.