Madridning “Real” klubi futbolchisi Eden Azar “Selta”ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Men o'zimni yaxshi his qildim. Birinchi bo'limning dastlabki 10 daqiqasida charchab qoldim, biroq keyin hammasi yaxshilandi. O'yindan qoniqdim, lekin natijadan emas”, -deydi Azar.
Eslatib o'tamiz, Azar uzoq tanaffusdan so'ng kecha “Selta”ga qarshi o'yinda maydonga qaytgan edi.