«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan La liganing 24-turi doirasida bo'lib o'tgan «Selta»ga qarshi o'yin (2:2) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
— Bugungi o'yindagi harakatlarimizni inobatga olganda, ikki ochko yo'qotish — alamli, ammo ammo o'yinimizdan qoniqish hosil qildim.
— Uchrashuv durang bilan yakunlanganidan xafamisiz?
— Ha, biz uyda ikki ochko yo'qotdik. Bunday goldan keyin o'yinga qaytish oson emas. Denis Suares ajoyib uzatmani amalga oshirdi.
Doimo o'yinda bo'lish qiyin. Bundan tashqari, doimo yaxshi himoyalanish hamisha ham jamoaga yordam bermaydi. Umuman olganda, mudofaada yomon o'ynamadik.
— Beylning o'yinidan qoniqdingizmi?
— Ha, barcha o'yinchilardan qoniqish hosil qildim.
— Azar qaytdi.
— Bu yaxshi. U rejalashtirilganidek 70 daqiqa o'ynadi va eng yaxshilardan biri bo'ldi.