"Real" rahbariyati jamoa sardori Serxio Ramos bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.
"Marca" nashriga ko'ra, klub Ramosni olib qolishdan manfaatdor, ammo muddat borasida bir qarorga kela olishmayapti. 33 yoshli futbolchi Madrid klubida yana 2023 yilgacha qolmoqchi, "qaymoqranglilar" esa Ramosga bir yillik shartnoma taklif qilish niyatida.
Ramosning amaldagi shartnomasi 2021 yilda tugaydi.