Madridning "Real" klubi Los-Anjelosdagi ilk mashg'ulotlarni boshladi. Mashg'ulotlarda 26 nafar futbolchi qatnashdi. Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan jismoniy mashqlarni ikki qismga bo'lib o'tkazdi va yakunda to'p bilan momila qilishni mashq qildirdi. Shuningdek, 4 nafar darvozabon maxsus to'plarda mashq qilishdi. Jismoniy mashqlarni futbolchilarga Antonio Pintus o'tkazdi.