"Real" hujumchisi Vinisius so'nggi vaqtlarda yaxshi formasiga tushib oldi, ammo u mavsumda atigi uchta gol urdi va hujumlarni yakunlashda sust o'yin uchun tanqid qilinmoqda.
- Men xotirjamlikni saqlab turibman va ma'lum bir bosqichda gollar keladi. Men endi 19 yoshdaman. Mening yoshimda Rahim Sterlingda ham shunday bo'lgan. U ko'p gol urmagan, ammo menimcha, bu mavsumda uning 15 yoki 16 ta goli bor. U har yili o'sib bormoqda », - deya Vinisiusning so'zlarini keltiradi Marca nashri.