Turinning “Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi etakchisi Krishtiyanu Ronaldu Kris Dikson uchun eksklyuziv intervyu berdi
-Sendagi teri ostidagi yog'lar 7 foizini tashkil etadi. Bu hayratlanarli ko'rsatgich. Bunday darajaga ko'tarlish uchun qanday taomlarni iste'mol qilasan?
- Bu to'g'ri. Bilasanmi, hayotimning 70 foizini futbol tashkil etadi. Soddaroq qilib aytganda, o'zimni shu sport turiga bag'ishlaganman. Bundan tashqari, men futbolga oid bo'lmagan mashg'ulotlar o'tazishni ham kanda qilmayman. G'alabalarimning 90 foizi tanamning qanday sport formasida bo'lishiga bog'liq. Har doim yaxshi sport formasini ushlab turishim uchun miriqib uxlashim, yaxshi taomlanishim va yuklamalardan so'ng tiklanishim kerak. Bu hech kimga sir emas. Sen o'zing uchun o'zing qayg'urishing kerak. Boshqa hech kim sen uchun jon kuydurmaydi. Albatta, har kuni parhez qila olmayman. Ba'zan, o'g'lim bilan pitsa eb film tomosha qilaman. To'xtovsiz cheklovlar ham zarar keltirishi aniq. umuman olganda, bu mening hayotim.
- “Yuventus” shifokorlari sening tanang 20 yoshli yigitlarniki bilan bir hil deyishgan edi?!
- To'g'risi, ular biroz oshirib yuborishgan ko'rinadi. Shunday bo'lsada, men o'z sport rejimga qat'iy amal qilaman.
- Aytchi, bir kunda necha kun mashg'ulot o'tkazasan?
- Men har kuni mashg'ulot o'tkazmayman. Masalan, har kuni toshko'tarmayman. Sababi, o'yinga qadar charchab qolishdan ehtiyot bo'laman. Mashg'ulotlarda ham balansni ushlash kerak. Hayotda juda ko'p narsa tarozini birdek ushlashga bog'liq. Yoshing kattalashgani sari, o'z tanangni yaxshiroq anglab borasan va aql bilan mashg'ulot o'tkazishni boshlaysan. Son emas, sifat muhim. bu oddiy haqiqatni sekin-astalik bilan tushunib etdim. Men 20 yoshdan 27 yoshga qadar umuman boshqacha mashg'ulot o'tkazar edim. Sen 30 yoshga yaqinlashar ekansan, barchasi o'zgarayotganini tushinib etasan. Shuga qaramay, men o'zimni hozir ham a'lo darajada his etyapman. Eng muhim omillardan biri – motivatsia meni tark etganicha yo'q. Bu katta g'alabalarga erishishda yordam beradi. Men orzularim sari intilishda davom etmoqchiman.