"Inter" hujumchisi Lautaro Martines "Real"ga o'tishi mumkin.
TyC Sports nashri xabariga ko'ra, Madrid klubi yozda 22 yoshli argentinalik futbolchi uchun 120 million evro miqdorida tovon pulini to'lashga tayyor.
As xabariga ko'ra, "Real" Lautaroga yiliga 14 million evrodan iborat bo'lgan shartnoma taklif qilmoqda.
Avvalroq, yozda futbolchining tovon puli 111 milliongacha o'sishi xabar berilgandi.
Ma'lumot uchun, "Barselona" xam futbolchiga qiziqayotgan edi.