Balear orollarida oilasi bilan dam olayotgan «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduni noxush voqea kutib turgan edi.
Hola xabariga ko'ra, soliq inspektsiyasining bojxona departamenti xodimlari uning yaxtasida tintuv o'tkazgan. Uning sabablari ma'lum emas.
Bojxonachilar qurollangan politsiya bilan hamkorlikda 1,5 soat davomida futbolchining yaxtasini tintuv qilgan. Bu voqealar futbolchining soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlaganlik bo'yicha ochilgan jinoiy ishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, yaxta Ronalduga tegishli emas, balki ijaraga olingan. Tintuv paytida Ronaldu oilasi bilan yaxta ichida bo'lgan.