Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan bir necha kun avval jamoaning o'quv-bazasi joylashgan Valdebebas shahrida avtofalokatga uchragani haqida xabar bergandik.
Mundo Deportivo nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Zidan katta tezlikda shu shaharda yashovchi Ignasio Fernandesning avtomobilini quvib o'tmoqchi bo'ldi va kutilmaganda avtofalokat sodir bo'ldi.
Narigi avtomobil haydovchisi o'z mashinasidan tushdi va boshqaruvda Zinedin Zidan o'tirganligini ko'rib hayron qoldi. U darhol frantsiyalik mutaxassi bilan selfi tushishga erishdi.
"Men undan selfiga tushishini iltimos qildim, chunki, aynan Zidan mening mashinamni urganiga do'stlarim ishonmasdi. Zidan bunga rozi bo'li. U bosh kiyimini echdi va men bilan birga suratga tushdi", - dedi Ignasio.