AS nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Frantsiyaning «PSJ» klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Kilian Mbappe uchun Lionel Messi va Krishtianu Ronaldular saviyasidagi oylik maosh tayyorlamoqda.
Madridning «Real» klubi 21 yoshli hujumchini yozda qo'lga kiritish ilinjida yurganini parijliklar juda yaxshi biladi, shu sababli, hujumchini jamoada ushlab qolish uchun oldinga qadam tashlashga qaror qildi.
Manbaning yozishicha, Mbappe ikki marta “PSJ”ning taklifiga rad javob bergan, lekin uchinchi marotaba taklif qilinishi kutilayotgan 50 million evrolik shartnomani Mbappe rad eta olmaydi degan umidda.