Stadion.uz bu mavsumda hujumdagi muamolarini bartaraf etishni uddalay olmayotgan Evropaning 5 ta grand jamoasi haqida qisqacha to'xtalib o'tadi.
“Manchester Yunayted”
Ayni damda “qizil iblislar”ning vaziyatlardan foydalanish borasidagi statistik ko'rsatgichi APLda “Norvich” bilan bir hil. Bu 20 ta jamoa ichida 19-o'rin degani. Eshitilishi g'alati bo'lishi mumkin, biroq bu fakt. Sulsher shogirdalari hujumkor o'yin ko'rsatishga urunsada, vaziyatlardan foydalanishda juda ham oqsashmoqda. Ayniqsa, so'nggi zarbada jamoada muammolar yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Jamoa futbolchilari ichida faqat Grinvurddagina bu ko'rsatgich nisbatan yaxshiroq. Eng qizig'I shundaki, u shu kunga qadar faqat ikkita o'yinigina asosiy tarkibda boshladi xolos. Bu mavsumda “qizil iblislar” kiritgan gollarning 5 tasi penaltidan, 4 tasi standartdan kiritlgan. Bu gollarni inobatga olmasak, jamoa 25 ta uchrashuvda atigi 26 ta gol kiritgan bo'lib chiqmoqda. Agar, Markus Reshford kiritgan gollarni (14 ta) inobatga olmasa, vaziyat yanada achinarli ko'rinish oladi. Jamoada vaziyat yaratish borasida(aslida bu ularning maydondagi vazifalariga kirmasa ham) Fred va Pereyra yaqqol etakchilik qilmoqda.
“Arsenal”
“To'pchilar” bu mavsum darvozalarga aniq zarba berish borasida APLda 14-o'rinda borishmoqda. Achinarlisi shundaki, Tarkibida Obameyang, Martinelli, Ozil singari ijrochilari bor jamoa “Aston Villa” bilan birgalikda gol kiritish borasida 17-o'rinda ketmoqda. Katta summa evaziga xarid qilingan Pepening xisobida atigi 3 ta gol mavjud. “Arsenal”ning o'yin manerasi hujumga moslashgan bo'lishiga qaramay, jamoa APLning bu mavsumdagi chinakam himoyaviy jamoasi “Sheffild”dan ko'p gol kiritishni uddalay olmayapti. Jamoaga asosan standart vaziyatlarda(9 ta) kiritilgan gollar yordam bermoqda. “Arsenal” o'yindan gol “yasash” borasida juda oqsamoqda.
“Sevilya”
Bu erda ijrochilar sifati ham katta rol o'ynashi turgan gap. Eng qizig'I shundaki, andalusiyaliklar vaziyatlarni yaratishda kuchli 4 likda borishayotgan bo'lsada, ularni amalga oshirishda kuchli 10 likdan ham joy olishmagan. Jamoa vaziyatlarni shamolga uchirish borasida “La Liga”da etakchilardan biri. Kiritilgan gollar soni bo'yicha bor yo'g'I 9 o'rinda. Har mavsum YChL uchun kurash olib boradigan jamoaga yarashmaydigan ko'rsatgich. Shunday emasmi?
Bu mavsumda “Sevilya” 23 ta o'yinda 29 ta gol kiritdi xolos. Jamoa faqat bir bor (“Real Sosedat”ga qarshi uchrashuvda) raqib darvozasini 3 bor ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. Eng qizig'I shundaki, jamoa safida “La Liga”ning bu mavsumdagi eng yaxshi assistentlari (Okapmos, Banega, Navas) harakat qilishmoqda. Yomon tomoni shundaki, klub hujumlarni zarbasiz yakunlamoqda. Bu muammoni albatta bartaraf etish lozim. Aks xolda, kuchli to'rtlik haqida o'ylamasa ham bo'ladi.
“Milan”
Qariya Zlatan Italiyaga ko'chib o'tgach, barchasi o'z joyiga tushishi kutilayotgan edi, biroq hozircha keskin o'zarish kuzatilgani yo'q. Ibra 5 ta o'yinda 3 bor gol urdi xolos. Ha aytgacha, “Milan” “A seriya”da muammolarga liq to'la “Verona” va “Sampdoria” dangina ko'proq gol urishni uddladi. “Rossoneri”lar bu mavsumda 25 ta gol urgan bo'lsada, ularning atigi 13 tasi o'yindan kiritlgan. Qolgan gollar standart va penaltilardan samarasi. Bu hujumdagi muammolarning keragidan ortiqligini anglatmoqda. Ang achinarlisi shundaki, jamoa to'purari qanot himoyachisi Luka Ernandes. Uning xisobida bugungi kunga kelib atigi 5 ta gol mavjud.
“Atletiko Madrid”
Atletiko foydasiz hujum qilish borasida Evropaning ( Kuchli beshlik jamoalari orasida) eng etakchi jamoasi bo'lib turibdi. Jamoa 23 ta o'yinda atigi 23 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Etarlicha gol urmagan “matraschilar” “Xetafe”ni o'zlaridan o'tkazib yuborishga majbur bo'lishganidan xabaringiz bor. Asosan himoyaga urg'u beruvchi “Xetafe”ning xisobida ham 35 ta gol mavjudligiga nima deysiz? Nahotki, jamoaning hujumlari Grizmanga shu qadar bog'lanib qolgan bo'lsa?
“Atletiko”ninig hujumdagi o'yini “Arsenal” va “Manchester Yunayted”nikidan bir necha barobar yomonroq. Jamoa aniq zarbalar borasida Ispaniyaning 16-jamoasi bo'lib turbid. Eng qizig'I shundaki, jamoaning etakchilari o'z vazifalarini kutilganidek bajarishmayapti. Masalan, Felish, Morata va Koreya vaziyatlarni havoga uchirish borasida etakchi. Trippie va Kokedan boshqa birorta futbolchi so'nggi pasni ijro etishni uddalay olmganiga nima deysiz?
“Atletiko” mustahkam himoya evazigagina kuchli to'rtlikka kirish imkonini qo'ldan boy berganicha yo'q. Jamoaning o'yin sxemas chakki emas, shunchaki hujumdagi kreativlik va vaziyatlardan foydalanish borasida ishlar olib borish kerak.