«Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino «AntiReal» degan qoidani ishlab chiqdi.
Marca xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis shogirdlariga «Real» futbolchilari bilan birga suratga tushib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishni taqiqlab qo'ydi.
Ayni paytda har ikkala jamoa AQShda mavsumoldi yig'inini boshladi va bir-biridan 50 metr uzoqlikdagi qarorgohda bo'lib turishibdi.
Bundan tashqari, «O'zgacha» futbolchilarni «Real»ga o'tib ketishining oldini olish maqsadida, madridliklar bilan gaplashmaslikka chaqirdi. Bu bilan mutaxassis mashg'ulot jarayoni va taktikadagi yangiliklarni ham sir saqlashni ko'zlagan.