“Lion” yarim himoyachisi Rayan Cherki Madridning “Real” klubi transfer maqsadi sanaladi. Bu haqda Don Balon nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, tomonlar 16 yoshli futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan.
“Lion" tarbiyalanuvchisni 35 million evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, Cherki 2019 yil oktyabr oyida asosiy jamoada debyut qilgan. U 12ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golga hammualliflik qildi.