Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Evropa futbolini tubdan o'zgartirib yuborgan Bosman ishi

Jan-Mark Bosman hech qachon mashhur futbolchilar qatorida bo'lmagan.

.
- Yuklab olish

U hujumkor yarim himoyachi poziciyasida o'ynab, butun faoliyati davomida 10tadan kam gol urgan. Ammo Evropa futbolini tubdan o'zgartirish va futbol pulga bog'liq bo'lib qolishi aynan u tufayli sodir bo'lgan. Keling, barchasi haqida bafurja gaplashamiz.

1990 yilning yozida Jan-Mark va Belgiyaning "Lej" klubi o'rtasidagi shartnoma muddati o'z nihoyasiga etdi. Klub futbolchiga darhol yangi taklif berdi. Ammo unga ko'ra, maoshi avvalgiga nisbatan 60%ga, keyin esa 75%ga kamayadi va shundan keyin u Belgiya chempionati uchun deyarli ilojsiz bo'lib qoldi. Yuqorida takidlaganimizdek, Bosman hech qachon Belgiya futbolining yulduzi bo'lmagan va hattoki, Fellaini darajasigacha ham chiqolmagan. Tabiiyki, u yangi shartlarga rozi bo'lmadi va Franciyaning quyi divizionida o'ynaydigan va belgiyalikka yaxshigina maosh taklif qilishi mumkin bo'lgan "Dyunkerk" jamoasiga o'tmoqchi bo'ldi. Ammo "Lej" Jan-Markdan ayrilishni istamadi va "Dyunkerk"dan o'yinchi uchun 16 million belgiya franki (tahminan 1 million dollar) talab qildi. Bunday pul esa francuz klubida yo'q edi. Natijada Bosman "Dyunkerk"ga o'tolmadi va sudlashishga qaror qildi.

Ha, bir narsa ko'pchilikka g'alati tuyulgan bo'lsa ajabmas — "Lej" shartnomasi tugagan o'yinchi uchun pul talab qildi. Biroq bu muallif xatosi ham, Belgiya klubining surbetligi ham emas. O'sha vaqtlar bu oddiy hol bo'lgan va hamma shunday yo'l tutgan. Aytish joizki, o'sha payt Evropa futboli zamonaviy futboldan tubdan farq qilgan. Butun Evropada "3+2" cheklovi amal qilgan (maydonda 3ta legioner va 2ta mahalliylashtirilgan futbolchi). Qolaversa, futbolchi bir klubdan boshqa bir klubga tovon pulisiz (shartnomasi tugagan bo'lsa ham) o'tishi UEFA tomonidan taqiqlagan. Sababi nochor klublar o'z tarbiyalanuvchisi uchun malum miqdorda pul ishlab olishi ko'zda tutilgan. Ammo "Lej"ni sudga bergan Bosman o'zi bilmagan holda haqiqiy inqilobga qo'l urdi va barcha qoidalarni butunlay yo'qqa chiqardi.

Ehtimol, Jan-Mark barchasi uning foydasiga hal bo'lishini mutlaqo kutmagandir. Lekin Evropa ittifoqi tashkil topishi u uchun ayni muddao bo'ldi. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bilan bog'liq bo'lgan tendenciyalar Evropa ittifoqi tashkil etilgan vaqtlarda ham dolzarb mavzulardan biri bo'lgan. Sud Bosman ishini o'rganib chiqar ekan, UEFA qoidalari Maastrixt shartnomasi (Evropa ittifoqi paydo bo'lishiga asos bo'lgan shartnoma) principlariga zid degan qarorga keldi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, ular Evropa ittifoqi fuqarolarining harakat erkinligi va ish qidirish erkinligini cheklaydi. Yuqoridagi holatlar futbolchi huquqlarini cheklagan yo yo'q, buni o'zingiz hal qiling, ammo o'sha payt sud barchasini xolis tarzda "ijobiy" yoki "salbiy" tomonga hal qilolmagan. Lekin tashkil topganiga ko'p bo'lmagan hamda o'zini inson huquqlari va erkinliklarining kafili sifatida namoyon qilayotgan Evropa ittifoqi o'z poziciyasini mustahkamlay oldi. CHunki ular kichik muammoga ham jiddiy qarab, masuliyat bilan yondashdilar.

1995 yil 15 dekabr kuni ish butunlay Bosman foydasiga hal qilindi. Sud esa futbolchi vaqtincha ishsiz qolib ketgani uchun "Lej" klubi Bosmanga 500,000 AQSH dollar tovon puli to'lashi lozim deb topdi. Biroq sud qarorining asosiy qismi Bosmanga bog'liq emasdi. Sud hukmiga binoan, UEFA qoidalari — klub shartnoma muddati tugagan o'yinchini ushlab turish huquqiga ega emas va Evropa ittifoqi fuqarolari uchun "3+2" cheklovini olib tashlash haqidagi qoidalari bekor qilindi. Sud qarorlari elon qilingan zahoti kuchga kirdi. Uzoq yillar davomida mustahkamlanib kelingan transfer tizimi bir onda yo'q bo'ldi. Aynan o'sha paytda globallashuv futbolga o'z tasirini o'tkazdi.

Bosman ishining yakuniy qarorlari haqida gaplashishdan avval, Jan-Markga qo'yilgan ayblov haqida suhbatlashmoqchimiz. Oradan 25 yil o'tishiga qaramay, u g'azablangan ingliz muxlislardan tahdid, ayblov mazmunidagi xatlar olishda davom etdi. Xo'sh, u shunday ayblovlarga loyiqmidi? Yo'q. Kamdan-kam futbolchigina 25 yoshida maoshi pasayishiga rozi bo'ladi ("Lej" oyligi pasaytirilgan shartnoma taklif qilganida u 25 yosh edi). Uning transferi bo'yicha klubning aqlbovarqilmas talablari esa belgiyalikni tanlash imkoniyatidan mahrum qildi. "Lej" uni sotishdan bosh tortganidan bir qancha vaqt o'tib, belgiyalikning puli tugadi. Hech bir chorasiz qolgan o'yinchi kvartira uchun to'lashga ham pul topolmay qoldi, ayoli ham qizini olib ketib qoldi. Ammo Bosman barcha mol-mulkini ularning nomiga o'tkazib berdi va ota-onasining yoniga ko'chib o'tdi. Lekin ularni bezovta qilmaslik uchun 2,5 yil davomida garajda yashadi. Bunday vaziyatda har qanday inson qila oladigan yagona ish belgiyalikka o'xshab sudda o'zini himoya qila olishdir. Xo'sh, mana Bosman ko'z o'ngingizda oqlandi. Endi esa sud qarorining yakuniy qismiga o'tsak ham bo'ladi.

1. Boy va kambag'al klublar orasidagi tafovut paydo bo'ldi. Endi top-klublar nafaqat o'zining mamlakati, balki butun Evropadan eng yaxshi o'yinchilarni sotib ola boshladilar. Buni CHempionlar Ligasi g'oliblariga nazar tashlab, bilib olish qiyinmas. Bosman ishidan chamasi o'n yil avval CHempionlar Ligasida "Styaua" Buxarest, "Crvena Zvezda", PSV, "Ayaks" kabi klublar g'alaba qozongan. Sud jarayoni o'z yakuniga etganidan so'ng, Evropaning eng nufuzli turnirida atigi 4ta mamlakat klublari g'olib bo'la boshladi (Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya). Ular orasida istisno holat: Joze Mourinyuning ajoyib "Portu"si bo'lgan.

2. Klublar o'zini identifikaciya qilish jarayoniga qattiq zarba berildi. Angliya klublari keskin to'qnashuv va hujumlarga boy inglizcha futbol o'ynagan, Italiya klublari italyancha, ispanlar ispancha futbol namoyish qilgan va hokazo. Bugungi kunda elita divizionlarida bunday futbolni uchratish qiyin. O'zingiz o'ylab ko'ring, bu yaxshi yoki yomon? Bir tarafdan, Kloppning buyuk "Liverpuli" va Gvardiolaning ajoyib "Siti"si o'yinlaridan bahramand bo'la olamiz, ammo boshqa tomondan haqiqiy ingliz futbolini endi CHempionshipdagina ko'rishimiz mumkin, agar yanada quyi ligada bo'lmasa...

3. Tarbiyalanuvchi ortidan kun ko'radigan klublar zarar ko'rdi. Maktabi bilan mashhur bo'lgan "Ayaks" klubi so'nggi bor 1995 yil CHempionlar Ligasida g'olib bo'ldi (sud jarayoni tugagan yil). 1996 yili ular finalga chiqdilar, keyin esa asta-sekin Evropa futboli elitasidan chiqib ketdilar. Bugungi kunda esa ularning erishgan arzirli yutug'ini sanash qiyin masala. Asosan bask xalqi o'ynagan "Atletik" Bilbao jamoasm malum muddat autsayder jamoaga aylanib qoldi. Hozirda ular muntazam ravishda Evropa Kubogi uchun kurash olib boradilar, biroq ularning avvalgi buyukligini qaytarishning iloji yo'q.

4. Klublar o'z tarbiyalanuvchisining "asir"iga aylanib qoldi, chunki endi ular yangi shartnoma imzolamaslik bilan futbolchini qo'rqita olishmadi. Ammo nima bo'lgan taqdirda ham, ishonch bilan aytish mumkinki, inson huquqlari hurmat qilina boshlandi.

5. Futbolchilarning maoshi va ularning narxi o'sdi. Bosman ishi tufayli, Neymarning narxi 222 mln evroni tashkil qilgan. Bir mavsum davomida ajoyib o'yin ko'rsata olgan Joau Felish esa 100 mln evroga sotib olingan. Albatta, narx o'sishiga boshqa omillar ham tasir ko'rsatgan: jumladan, inflyaciya hamda shayxlarning futbol olamiga kirib kelishi. Lekin o'yinchilarning oyligi oshishiga asosiy sabab shov-shuvli Bosman ishi edi.

6. Ko'plab futbol akademiyalari tanazzulga yuz tuta boshladi. Agar chet eldan tayyor o'yinchilar sotib olish imkoni bo'lsa, kimnidir tarbiyalashning nima keragi bor? Ayniqsa, yosh o'yinchi uchun bo'lgan har qanday sarmoya — tavakkal ishdir. Sababi hech kim u kelajakda yaxshi o'ynab ketishiga kafolat bermaydi. CHet eldagi tayyor futbolchi esa muntazam ravishda yaxshi natija qayd etmoqda. Xo'sh, siz shunday vaziyatda qanday yo'l tutgan bo'lardingiz?! Bundan tashqari, nafaqat badavlat klub akademiyalari, balki nochor klublarning ham ishi orqaga keta boshladi. Albatta, bu barcha akademiyaga salbiy tasir ko'rsatgani yo'q. Masalan, "La Masiya" ajoyib futbolchilarni etkazib berishda davom etaverdi. Lekin butun Evropada akademiyalar faoliyati pasayishi yaqqol sezildi.

Bir tasavvur qilib ko'ring, agar haligacha "3+2" cheklovi amal qilganda, Evropaning eng yirik klublari tarkibi qanday bo'lardi? Bu ish oson bo'lmadi, chunki ko'plab klublarda futbolchilarni yoshlar yoki ijaradagilar orasidan izlashga to'g'ri keldi. SHuning uchun, qattiq tanqid qilmaysiz degan umiddamiz.

Xo'sh, CHempionlar Ligasi Kubogi sohibi — "Liverpul"dan boshlaymiz. Rasmda qizil chiziq bilan ko'rsatilgani legioner, sariq chiziq bilan ajratilgani esa mahalliylashtirilgan futbolchi ekanini bildiradi. Takidlash joizki, mahalliylashtirilgan futbolchi deyish uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim: 1) o'sha mamlakatda tug'ilgan futbolchi; 2) o'sha mamlakat fuqarosi; 3) o'sha davlatda 5 yildan kam bo'lmagan vaqt yashagan bo'lishi lozim.

"Liverpul". Bunday cheklov bilan buyuk uchlikni ajratishga, Salahni zaxirada qoldirishga to'g'ri keldi. Biroq tarkibning boshqa o'yinchilari o'z o'rnida qoldi.

Davom etamiz. Klopp jamoasining asosiy raqibi — "Manchester Siti". "SHaharliklar" ancha aziyat chekadi: muhim futbolchilar asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'yar ekan: Lyaport, Rodri va De Breyne. Bunday tarkib bilan chempionlik uchun davogarlar qatorida bo'lish juda qiyin.

Ispaniyaning super-klublariga o'tamiz: "Barselona" va "Real". "Barsa" Alenyani ijaradan qaytarib olishiga to'g'ri kelardi. Yosh iqtidor sohibi Fati esa asosiy tarkib o'yinchisiga aylanardi.

"Real"da qanotdan hujumga o'tishdagi samara ko'rsatkichi pasayardi. Tan olish lozim, Asensio va Lukas — Azar va Beyl juftligi bilan tenglasha olmaydi. Bundan tashqari, Nacho ham Varan darajasiga etolmaydi. SHuning uchun, himoya markazida etarlicha muammolar yuzaga kelishi mumkin edi.

Evropaning yana bir super-klubi — "Yuventus". "Keksa sinora" himoyada juda sust harakat qilardi — orqa chiziqda hosil bo'lgan to'rtlik "Yuve"ning optimal ko'rinishidan ancha farq qiladi.

Albatta, "3+2" chekloviga asoslangan tarkibni ko'rish qiziq, lekin maqolaning ushbu qismidan ko'zlangan asosiy maqsad bu emas. Agar bugungi kunda klublarda yuqoridagi tarkiblar bo'lganida, ular hozir bunchalik top darajada bo'lmasdilar. Ko'plab o'yinchilar o'z yurtidagi jamoada qolardi, natijada klublar o'rtasida tenglik yuzaga kelardi. Bu esa futbolni yanada tomoshabop qilardi. Ammo barcha ish yaxshilikka deganlaridek, Bosman ishi tufayli hozir biz sevgan top-darajadagi klublar mavjud.

Nozima Zaripova tarjimasi

BestMaster
11 Fevral 2020, 19:15
evropa, futbolini, tubdan, ozgartirib, yuborgan, bosman, ishi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads