Men darvozabon sifatida rivojlanishni, o'sishni istayman
"Nega men "Leganes"da o'ynamadim? Bu savol bilan jamoa bosh murabbiyiga murojaat qilish to'g'riroq menimcha. Bu savolga javob ham bera olmayman. Men o'z ustimda ishladim, maydonga tushish uchun mashg'ulotlarda astoydil ter to'kdim. Qolgani menga bog'liq emasdi. "Leganes" yoki "Valyadolid" zaxira o'rindig'ida o'tirish og'ir edi. Men darvozabon sifatida rivojlanishni, o'sishni istayman.
Madriddagi kelajagi borasida
Bu borada aniq bir narsa ayta olmayman. Klub vakillari bilan muntazam aloqadamiz, lekin jamoaning keyingi mavsum rejalari haqida aniq malumotga ega emasman. Vaqt barchasini ko'rsatadi. Kun kelib, "Qirollik klubi"ning asosiy tarkibi uchun kurashga qo'shilishim va 1-raqamli posbonga ham aylanishimga ishonaman. Buning uchun ishlashdan to'xtamasligim talab qilinishini yaxshi tushunib turibman", - dedi Andrey Lunin.