"Real" klubi so'nggi 2ta transfer oynasida salbiy moliyaviy balansga ega bo'lgan jahonning eng yomon klubi bo'ldi.
Madridliklar bu davrda 300 million evroga futbolchi xarid qilib, 149 million evroga futbolchi sotishgan. Shu tariqa, "Qirollik klubning balansi minus 181 million evroga teng bo'ldi.
Bu borada ikkinchi o'rinni "Aston Villa" band etdi — minus 169 million evro. Kuchli uchlikka esa "Barselona" kirdi — minus 166 million evro.
Eng yomon transfer balansiga ega bo'lgan klublar reytingi quyidagicha (top-10):
1. "Real" (Ispaniya) – minus 181 mln evro
2. "Aston Villa" (Angliya) – minus 169
3. "Barselona" (Ispaniya) – minus 166
4. "Manchester Yunayted" (Angliya) – minus 151
5. "Tottenxem" (Angliya) – minus 141
6. "Monako" (Frantsiya) – minus 121
7. "Inter" (Italiya) – minus 111
8. "Yuventus" (Italiya) – minus 94
9. "Fiorentina" (Italiya) – minus 93
10. "Gerta" (Germaniya) – minus 92