«Real» klubining sobiq hujumchisi Guti qachonlardir jamoani boshqarish niyati borligini ma'lm qildi. Ayni paytda «Real» U-19 jamoasiga ustozlik qilayotgan Guti yoshlar bilan Ispaniya chempionati va kubogi, shuningdek, Chempionlar kubogida g'olib chiqqan edi.
«Real» muxlislari Zidanning ko'p yillar davomida bosh murabbiy bo'lishini istashmoqda. Umid qilamanki, uning muvaffaqiyatlari davom etaveradi. Ammo biz har doim yuqori cho'qqilarni ko'zlaymiz.
Ha, «Real»ni boshqarishni istamayman desam, aldagan bo'lardim. Biroq bu ish yaqin orada yuz bermaydi. Biz asta-sekin maqsad sari qadam tashlab boraveramiz»,-dedi Guti sports.fr saytiga bergan intervyusida.