Ispaniya La ligasi matbuot xizmati yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi nomini e'lon qildi. Ushbu sovrin «Real» darvozaboni Tibo Kurtuaga nasib etdi.
Belgiyalik darvozabon uchun bu faoliyatidagi ilk sovrin hisoblanadi. Unga sovrin 16 fevral kuni «Santyago Bernabeu»da bo'lib o'tadigan «Real» – «Selta» uchrashuvidan oldin topshiriladi.
Madridliklar yanvar oyida La liga doirasida 3ta, Ispaniya superkubogi doirasida 2ta o'yin o'tkazib, barchasida g'alaba qozondi. Bu o'yinlarda Kurtua ikkita to'p o'tkazib yubordi.