San-Sebastyanliklarning g'alaba goli 83-daqiqada Aleksander Isak tomonidan urildi.
20 yoshli forvard so'nggi 6 o'yinda o'zini yaxshi tomondan ko'rasatdi. U mazkur bahslarda jami 8 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qildi. Jumladan, "Osasuna" (3:1) va "Real"ga qarshi (4:3) mamlakat kubogi bahslarida hujumchi tabloga o'z nomini ikki martadan yozdirib qo'yishni uddaladi.