«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoa yarim himoyachisi Garet Beylning mashg'ulotidan qoniqish hosil qilmayapti.
Frantsiyalik mutaxassisning fikricha, uelslik futbolchi jarohatidan sog'ayganiga qaramay, mashg'ulotdan sidqidildan ishlamayapti. Beyl sog'lom bo'lishiga qaramay, «Real»ning so'nggi 4ta o'yinida maydonga tushmadi.
Futbolchi ishga bo'lgan munosabatini o'zgartirsa, Zidan uni tarkibga qaytarishi mumkin.