Marca nashrining bergan ma'lumotiga ko'ra Joze Mourinyo hozirdanoq "anti Real" rejalarini tuzishni boshlagan.
"Manchester Yunayted" yakshanba kuni Los-Anjelosga yetib keldi va ular allaqachon mashg'ulotlarni boshladi. "MYU" va "Real" joylashgan ba'zalarning oraliq masofasi atigi 200 metrni tashkil etadi. Mourinyo dastlabki mashg'ulotdanoq jiddiy mashqlarni buyurgan. Mashg'ulotning birinchi qismida chigal yozdi mashqlar, keyingi qism esa taktik qism hisoblanib unda Mourinyo OAV sur'atga olishni ta'qiqlab qo'ydi. Xattoki "security"larni ham tribunalardan chetlashtirgan.
Eslatib o'tamiz, 23-avgust kuni Santa-Klarada "Real Madrid" va "MYU" o'rtoqlik o'yin o'tkazishadi, shundan so'ng 8-avgust kuni UEFA Superkubogi doirasida final baxsida maydonga chiqishadi.