"Bu futbol. Vaqti-vaqti bilan ishlar yomonlashadi. Biz qiyin o'yin o'tkazdik, oxirigacha harakat qildik, vaziyatlarga munosabatimiz yaxshi edi. Hattoki, 1:4 hisobida yutqazayotgan bo'lsak ham, o'zimizga ishondik.
Raqibni tabriklaymiz. Mag'lubiyatni qabul qilishimiz kerak. Birinchi bo'limda himoyada xatolar ro'y berdi. "Sosedad" yaxshi o'ynadi, biz qiyinchiliklarga uchradik.
Men xafaman, ha, lekin bu endi o'tmish. Yakshanba kuni "Osasuna" bilan o'yinimiz bor, shu haqida o'ylao'imiz kerak.
Bu mening "Real" murabbiyligida eng yomon kunim emas. O'z uyimizda 4 gol o'tkazib yuborishimiz yomon, ammo hech narsani o'zgartirishimiz shart emas. Hozirgi ishimizni davom ettirishimiz lozim. SHubhasiz, qiyin raqiblar va og'ir o'yinlar hali oldinda. "Sosedad" bugun g'alabaga loyiq edi", – dedi Zidan.