«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl navbatdagi marta jamoasining o'yinini kutib o'tirmasdan, stadionni erta tark etdi.
"Qirollik klubi" Ispaniya kubogi chorak final bosqichi doirasida o'z uyida «Sosedad»ga imkoniyatni boy berdi (3:4). 30 yoshli Garet bahsning 82-daqiqadan o'yingohdan chiqib ketdi va bu paytda mezbonlar 2:4 hisobida ortda borishayotgan edi.
Uelslik futbolchi ushbu mavsum davomida avvalroq 3 marta — 31 oktyabr, 7 dekabr va 18 yanvar kunlari "Real"ning o'yini yakunlanishini kutmasdan stadionni tark etgan edi.
Klub ichki qoidasiga ko'ra, o'yinni tribunada kuzatgan futbolchi 80-daqiqadan oldin stadiondan chiqib ketishi mumkin emas.