«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya kubogi chorak final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Sosedad»ga qarshi o'yin (3:4) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Bu futbol. Ba'zida ishlar biz istagandek bo'lmaydi. Qiyin o'yin bo'ldi. Vaziyatni o'nglash uchun oxirigacha harakat qildik, hattoki 1:4 hisobida yutqazayotganimizda ham o'zimizga ishondik.
Raqibni tabriklashim mumkin. Mag'lubiyatni qabul qilishimiz kerak. Biz oxirigacha kurashdik. «Real» himoyada xatolarga yo'l qo'ydi, birinchi bo'limda o'yinimiz umuman chiqmadi. «Sosedad» yaxshi o'ynadi, biz esa qiyinchiliklarga duch keldik.
Xafaman, ammo endi bu biz uchun o'tmish. Yakshanba kuni «Osasuna»ga qarshi o'yin kutib turibdi. Endi o'sha uchrashuv haqida o'ylashimiz kerak.
Bu "Real"dagi murabbiylik faoliyatimdagi eng yomon kun emas. O'yin borasida — yo'q, natija tomonlama — ha. O'z uyimizda 4ta gol o'tkazib yuborish — og'ir. Ammo endi hech narsani o'zgartira olmaymiz. Davom etamiz. Mavsum davomida og'ir o'yinlar va qiyin raqiblar bo'ladi. «Sosedad» bugun g'alaba munosib o'yin ko'rsatdi.
Kazemiro o'yinga tayyor bo'lmagani uchun maydonga tushmadi. Maydonga tushgan boshqa o'yinchilar kurash olib borishdi. Bugun qo'limda bor tarkib bilan ishtirok etdim», – dedi Zidan.