«Real» Ispaniya kubogining chorak final bosqichi doirasida bo'ladigan «Real Sosedad»ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshladi.
Madridliklar o'ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal dushanba kuni umumiy mashg'ulotda ishtirok etmadi. U va Mariano Dias trenajyor zalda individual dastur asosida shug'ullanishdi.
Katta ehtimol bilan Karvaxal payshanba kuni bo'ladigan Kubok bahsini o'tkazib yuboradi. Zidan uning o'rniga Eder Militao yoki Nachoni tushiradi.
Eslatib o'tamiz, Karvaxal va Kazemiro murabbiy tomonidan eng ko'p foydalanilayotgan o'yinchi hisoblanadi. Dani ushbu mavsumda "Real" safida barcha musobaqalar doirasida 27ta o'yinda maydonga tushdi. Alvaro Odriosola jamoani tark etganidan keyin u "Madrid" safidagi yagona o'ng qanot himoyachisi hisoblanadi.