Kecha «PSJ»ning «Monpele»ga qarshi o'yinida mojaro yuzaga keldi. Ikkinchi bo'limda Tuxel Mbappeni zaxiraga oldi. Ammo…
Biz zaxiraga olingan futbolchilarning maydonni indamay tark etishganiga ko'p guvoh bo'lamiz, ayniqsa, jamoa g'alaba qozonib turgan bir paytda. Lekin Mbappe Tuxelning bu qarorini ma'qullamadi – Tuxeldan norozi ekanligini oshkora ko'rsatdi. Zaxira o'rindig'ida esa o'yinni yomon kayfiyatda kuzatdi.
Tuxel bunday lahzalarni izohlab o'tirmasdi. Ammo kechagi voqeaga munosabat bildirdi. "Vaziyat unchalik yaxshi emas, ammo biz bunday reaktsiyaga duch kelgan yagona klub emasmiz. Bunday holatlar chalg'itadi. Men g'azablanmayman, lekin xafa bo'laman, chunki bu kerak emas edi. Men murabbiyman va har doim qaror qilaman. Biz tennis emas, futbol o'ynaymiz. Biz barchani hurmat qilishimiz kerak", dedi Tuxel.
Bu Mbappe Tuxel bilan to'qnashayotgan birinchi holat emas. Ba'zan Mbappe o'z harakatlari va bayonotlari bilan uni g'azablantiradi, ba'zida jamoada to'qnashuvlar yuz beradi:
• Dekabr: Mbappe o'zini zaxiraga olgan Tuxelga norozi ekanligini aytdi. Tuxel esa shunday javob berdi: «Kilian norozi bo'lsa ham, mening qarorlarimni qabul qiladi. Biz Shupo-Motingni hurmat qilishimiz kerak, u ham o'ynashga loyiq. Uchrashuv Kilian uchun oson kechmadi».
• Noyabr oyida ko'pchilik Neymar va Mbappening munosabatlari haqida qayg'urdi. Tuxel bu «PSJ» uchun eng muhimlaridan biri ekanligini bir necha bor ta'kidladi.
• May oyida Mbappe va Tuxel o'rtasida yoqimsiz suhbat bo'lib o'tdi. Mbappe buni angladi. Tuxel uni «PSJ»ning eng muhim o'yinchisi deb bilmaydi, har holda Kilian shunday fikrga keldi.
• O'tgan mavsumda Mbappe Zidanga "Real"ni yoqtirishi haqida gapirdi. Zidan javob berdi – u Mbappeni Madridda ko'rish yoqimli bo'lishini aytdi. Tuxelning javobi esa shunday bo'ldi: "Bularning barchasi biroz zerikarli. Mbappe hozirda "PSJ" futbolchisi. Kelajakda uni nima kutayotganini bilmayman».
• 2018 yil sentyabr oyida Mbappe "Nim" o'yinchisi Teja Savannierni itargani uchun maydondan chetlatildi, shundan so'ng u uch o'yinga diskvalifikatsiya qilindi va shunday dedi: "Men o'zimni shunday tutganimdan afsuslanmayman. Agar bu holat yana takrorlansa, men yana shu ishni qilardim. Muxlislardan, barchadan uzr so'rayman. Ammo raqiblarning bunday harakatlariga sabr qilolmayman». Tuxel esa Mbappening bu harakatlaridan norozi ekanligini yashirmadi.
«PSJ» bilan Mbappening shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi va endi frantsuz jurnalistlarining yozishicha, Tuxel va Mbappe o'rtasida qancha ko'p mojaro bo'lsa, Kilianni jamoada olib qolish ehtimoli shunchalik kamayadi.
Yaqinda Mbappening o'zi shartnomani uzaytirish haqida gaplashmasligini aytdi, chunki bunga vaqt yo'q edi. «Bleacher Report» xabariga ko'ra, Mbappe va uning vakillari kelgusi yozni kutishmoqda – keyin "Real" Mbappe uchun «PSJ»ga rasmiy taklifini kiritadi.