"Real" darvozaboni Tibo Kurtua La Liganing "Atletiko"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi (1:0)
"O'ylashimcha, ikkinchi bo'limda himoyada juda yaxshi o'ynadik. Birinchi bo'limda raqib ko'proq vaziyatlarni yaratdi. Murabbiy ikkinchi bo'limda taktik o'zgarishlarni amalga oshirganidan keyin o'yin o'zgardi.
Darvozabon sifatida men uchun doimo o'yinda bo'lish, har lahzada qatnashish, o'yinchilar bilan aloqada bo'lish, ularga qichqirish, hatto ular meni eshitishmasa ham - shu tarzda siz o'yinning bir qismi bo'lib qolasiz.
G'alabadan va gol o'tkazib yubormaganimdan juda mamnunman ”, dedi Kurtua