«Real» sardori Serxio Ramos jamoani tark etgan Xames Rodrigesga Germaniya chempionatida omad tiladi. Kolumbiyalik futbolchi ijara asosida «Bavariya»ga o'tdi.
«Panita, senga kelajakda omad tilayman. Lekin jamoalarimiz chempionlar ligasi doirasida to'qnash kelib qolishsa, u holatga buning aloqasi yo'q. Senga eng yaxshi tilaklarim», – deya yozdi Ramos ijtimoiy tarmoq orqali.
Eslatib o'tamiz, myunxenliklar 25 yoshli futbolchini 2 yilga ijaraga olishdi.