«Atletiko» prezidenti Enrike Sereso «Real»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda yuz bergan bahsli vaziyat yuzasidan o'z fikrini bildirib o'tdi.
Uchrashuvning 32-daqiqasida Kazemiro o'z jarima maydoni ichida to'pga intilayotgan «Atletiko» hujumchisi Morata yo'liga qo'lini qo'ydi. Alvaro esa yiqildi. Bosh hakam Xaver Estrada Fernandes penalti belgilamaslikka qaror qildi.
«VAR vaziyatlarni tekshirish uchun kerak. Nazarimda, bu toza penalti edi. «Real» va «Atletiko» kabi jamoalar o'ynayotganida penalti belgilash oson emas. Buni tushunaman», – dedi Sereso.