Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Real" - "Atletiko" va 22-turning boshqa o'yinlari uchun prevyu

Fevral oyining ilk kunida Ispaniya chempionatining 22-tur o'yinlariga start beriladi.

.
- Yuklab olish

Bu turning “bezagi”ga aylanishi kutilayotgan o'yin bu shubhasiz Madridda, ikki grand jamoa “Real Madrid” – “Atletiko Madrid” o'rtasida kechadi. O'tgan turda “Barselona”ning mag'lubiyatidan so'ng peshqadamga aylanib olgan “Real” hamshaharlarini sinovdan o'tkazadi. Quyida La Liganing 22-tur o'yinlariga bag'ishlangan anonslar bilan tanishing.

01.02  17:00 (Toshkent vaqti) “Granada” – “Espanol”

 Bir hafta avval “Granada” “Sevilya”ga 0:2 hisobida yutqazdi. CHempionatning joriy mavsumining so'nggi 11 o'yinida jamoa atigi 2 o'yinda g'alaba qozongan (1 durang, 8 mag'lubiyat). “Espanol” esa yangi bosh murabbiy Abelardo Fernandes bilan jamoa hali mag'lubiyat ko'chasiga kirmadi (1 g'alaba, 2 durang). 

O'yinga oid faktlar:

-    “Granada” chempionatning so'nggi 9 ta uy o'yinlarida kamida 1 ta gol urdi;

-    “Espanol”ning yangi hujumchisi Raul De Tomas 2 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Anxel Montero, Kini, Federiko, Neyder Losano (“Granada”), Sebasten Korshya (“Espanol”).

So'roq ostida: Alvaro Vadilo (“Granada”), Viktor Kampuzano (“Espanol”).

01.02  20:00 (Toshkent vaqti) “Real Madrid” – “Atletiko Madrid”

 Yuqorida 22-turni bezab beruvchi o'yin deya tariflyagan bahs haqida. Avvalgi turda “Real” “Valyadolid”ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va 100 kun ichida birinchi marta Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Zidan shogirlarida 46 ochko mavjud va 21 turdan so'ng jamoa atigi 13 ta gol o'tkazib yuborgan. “Atletiko” esa 36 ochko bilan 5-o'rinda. Ular raqiblariga qaraganda bitta ko'p, 14 ta gol o'tkazishgan. 

O'yinga oid faktlar:

-    “Real” chempionatda ketma-ket 12 uchrashuvda mag'lub bo'lmadi (8 g'alaba, 4 durang);

-    “Atletiko” La Ligada gollarining 64 foizini ikkinchi bo'limda kiritgan;

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Eden Azar, Marko Asensio (“Real M”), Joau Felish, Koke, Kiran Triper, Xose Mariya Ximenes, Diego Kosta, Santyago Arias, German Valera, Dario Poveda (“Atletiko M”).

So'roq ostida: Mariano Dias (“Real M”), Toma Lemar (“Atletiko M”).

01.02  01:00 (Toshkent vaqti) “Malorka” – “Valyadolid”

Ushbu o'yinda turnir jadvalining pastki qismidagi jamoalar o'zaro bahslashadilar. “Valyadolid” 22 ochko bilan 16-o'rinda, “Malorka” 18 ochko bilan 17-o'rinda. Oldingi turda Visente Moreno jamoasi “Real Sosedad”ga 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchragan. Serxio Gonsales shogirdlari esa “Real”ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan.

O'yinga oid faktlar:

-    “Malorka” joriy chempionatda 21 ta o'yindan 16 tasida birinchi bo'limda kamida bitta gol urilgan;

-    “Valyadolid” La Liganing so'nggi 9 uchrashuvning 7 tasida to'p kirita olmagan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Xoakin Fernandes, Xose Antonio Karo (“Valyadolid”).

So'roq ostida: Pablo CHavarria, Yannis Salibur (“Malorka”), Nacho Martines (“Valyadolid”).

01.02  01:00 (Toshkent vaqti) “Valensiya” – “Selta”

“Valensiya” bir tur avval “Barselona”ni o'z maydonida 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bungacha Albert Selades jamoasi chempionatning autsayderlaridan biri – “Malorka”ga yirik hisobda yutqazgandi (4:1). “Selta” 21-tur o'yinida “Eybar” bilan nursiz durangga imzo chekkan. Bu Vigo shahri jamoasining so'nggi 7 uchrashuvdagi beshinchi durangi bo'ldi. 

O'yinga oid faktlar:

-    “Valensiya” La Ligadagi so'nggi 7 uy uchrashuvining 5 tasida g'alaba qozongan;

-    “Selta” esa so'nggi 8 uchrashuvning 6 tasida yutqazgan;

-    “Valensiya” hujumchisi Maksimilliano Gomes La Liganing 18 o'yinida 9 ta gol urdi. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Yasper Sillessen, Xaume Kosta, Denis CHerishev, Manu Valexo, Gonsalu Gedesh, Kristiano Pichchini (“Valensiya”), David Junka, Ivan Vilyar (“Selta”).

02.02  16:00 (Toshkent vaqti) “Leganes” – “Real Sosedad”

 “Leganes” Ispaniya chempionatdagi so'nggi 6 o'yinda atigi bir marta yutqazgan (2 g'alaba, 3 durang). Raqibi – “Real Sosedad” so'nggi 7 bahsda 2 marta mag'lubiyat alamini totib ko'rgan (3 g'alaba, 2 durang). 21 turdan so'ng Imanol Algvasila shogirdlari 6-pog'onada joylashgan.

O'yinga oid faktlar:

-    “Leganes” La Ligadagi so'nggi 6 uy uchrashuvning 5 tasida tanaffusga qadar to'p kiritgan;

-    “Real Sosedad” hujumchisi Aleksandr Isak barcha turnirlarda oxirgi 9 ta o'yinda 8 ta gol urgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Aleksandr SHimanovski (“Leganes”), Diego Lorente, Aser Ilyarramendi (“Real Sosedad”). 

So'roq ostida: Migel Anxel Moya, David Surutusa (“Real Sosedad”).

02.02  18:00 (Toshkent vaqti) “Eybar” – “Betis”

 Bir hafta oldin “Eybar” “Selta” bilan durang o'ynagan (0:0) bo'lsa, “Betis” “Xetafe”dan 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan. “Betis” 27 ochko bilan 12-o'rinda bo'lsa, “Eybar” 23 ochko bilan 15-pog'onada. 

O'yinga oid faktlar:

-    Har ikki jamoa ham Ispaniya chempionatdagi so'nggi 6 uchrashuvning 5 tasida jamoalar birinchi bo'limda 1 tadan ortiq to'p kirita olmagan;

-    “Betis” hujumchisi Loren Moron chempionatning 20 o'yinida 8 ta gol urgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Andres Guardado, Xuanmi (“Betis”).

So'roq ostida: Gonsalo Eskalante, Kike Garsiya, Anayts Arbilya, Serxio Alvares Dias, Ivan Ramis (“Eybar”).

02.02  20:00 (Toshkent vaqti) “Atletik Bilbao” – “Xetafe”

 “Atletik” La Ligada ketma-ket 5 ta durangdan iborat ajoyib seriyaga ega. So'nggi 3 o'yinda hisob 1:1 bo'lgan. “Xetafe” esa oxirgi 2 uchrashuvda g'alaba qozongan – “Betis” bilan 1:0, “Leganes” bilan 3:0. Pepe Bordalas shogirdlari 4-o'rinda, Gaiski Garitanon jamoasi 9-pog'onada. 

O'yinga oid faktlar:

-    “Atletik” La Ligadagi so'nggi 11 uchrashuvning 9 tasida kamida 1 ta gol urgan;

-    “Xetafe” Ispaniya chempionatdagi so'nggi 7 o'yinning 5 tasida dastlabki 45 daqiqada gol ura olmadi. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Oskar De Markos (“Atletik Bilbao”), Filip Manoylovich (“Xetafe”).

So'roq ostida: Arits Aduris (“Atletik Bilbao”).

02.02  22:30 (Toshkent vaqti) “Vilyareal” – “Osasuna”

 “Vilyareal” Ispaniya chempionatida o'tgan so'nggi 5 ta uchrashuvning 4 tasida g'alaba qozongan. Xaver Kalleya shogirdlari 31 ochko to'plagan holda 8-o'rinnui egallab turishibdi. Ularning bo'lajak uchrashuvdagi raqibi – “Osasuna” so'nggi 3 bahsda mag'lub bo'lmadi (1 g'alaba, 2 durang). Jamoa 28-ochko bilan turnir jadvali o'rtasida, 10-pog'onada bormoqda. 

O'yinga oid faktlar:

-    1-davrada “Osasuna” o'z maydonida “Vilyareal”ga qarshi 2:1 hisobida g'alaba qozongan;

-    “Vilyareal” yarim himoyachisi Santi Kasorla barcha turnirlarda oxirgi 8 ta o'yinda 5 ta gol urdi.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Pau Torres, Alberto Moreno, Manu Mornales, Bruno Soriano (“Vilyareal”), CHimi Avila, Oer Mate, Ruben Martines (“Osasuna”).

So'roq ostida: Fran Merida, Antonio Latorre (“Osasuna”).

02.02  22:30 (Toshkent vaqti) “Sevilya” – “Alaves”

 “Sevilya” Ispaniya chempionatining so'nggi o'yinlarida beqaror. La Ligada o'tgan 6 uchrashuvda jamoa 2 g'alaba, 2 durang va 2 mag'lubiyatga uchragan. Xulen Lopetegi shogirdlari 38 ochko bilan kuchli uchlikdan joy olishgan. “Alaves” esa so'nggi 7 o'yinda atigi 1 marta g'alaba qozongan (2 durang, 4 mag'lubiyat). “Bask” klubi 23 ochko bto'plagan holda turnir jadvalida 14-pog'onada. 

O'yinga oid faktlar:

-    “Alaves” hujumchisi Mato Xoselu La Liganing so'nggi 9 o'yinida 5 ta gol urgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Tomas Pina (“Alaves”).

So'roq ostida: Daniel Karrisu, Yussef En-Nesiri, Yassin Bunu (“Sevilya”).

02.02  01:00 (Toshkent vaqti) “Barselona” – “Levante”

Turning so'nggi bahsi Kataloniyada bo'lib o'tadi. 21-turda “Barselona” kutilmaganda “Valensiya”ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lib mag'lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi. “Ko'k-anor ranglilar” 11-turdan beri turnir jadvalida 1-o'rinda edi, ammo avvalgi turdagi mag'lubiyat jamoani 2-o'ringa tushirib qo'ydi. “Levante” esa so'nggi 3 uchrashuvda yutqazmoqda. Hozirda Pako Lopez shogirdlari 26 ochko to'plagan holda jadvalda 13-pog'onada. 

O'yinga oid faktlar:

-    “Barselona”ning uydagi 10 o'yindan 7 tasida Ispaniya chempionatida 3 tadan ko'proq gol urgan;

-    “Levante” hujumchisi Rojer Marti ligada 20 ta o'yinda 9 ta to'p kiritgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Luis Suares, Usman Dembele (“Barselona”), Ivan Lopes, Rober Per (“Levante”).

So'roq ostida: Nemanya Radoya, Oer Olasabal (“Levante”).

Og'abek Samisov

BestMaster
1 Fevral 2020, 17:15
liga, real, atletiko, 22-turning, boshqa, oyinlari, uchun, prevyu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads