Sobiq "Real" futbolchisi Xames Rodrigez "Bavariya"ga o'tganidan so'ng o'zining twitterdagi sahifasida muxlislar bilan xayrlashdi.
"Xurmatli madridistlar! Men "Real"da o'tkazgan 3 yilim uchun minnatdorchilik bildiraman va "Qirollik klubi" libosini kiyganimda mag'rurlanaman. Men bu klubni yuragimda saqlayman. Sizlarga omad tilayman." - deya 25 yoshli futbolchi Twitterda post qoldiradi.
Ma'lumot uchun, Xames Rodrigez "Bavariya"g tarkibida 2 yil ijara asosida to'p suradi, shundan so'ng klub uni 35-40 mln yevro atrofida sotib olish huquqiga ega chiqadi.