Ispaniya kubogi musobaqasida nimchorak final bosqichi yakuniga etib, chorak finalga chiqqan 8ta jamoaning nomi aniq bo'ldi. Chorak final qur'asi haqida ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilamiz.
Jamoalar
Chorak finalga quyidagi jamoalar chiqishdi: "Atletik", "Granada", "Real Madrid", "Real Sosedad", "Valensiya", "Vilyarreal", "Barselona", "Mirandes".
Qachon?
Qur'a tashlash marosimi 31 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 17:00da Ispaniya futbol federatsiyasi qarorgohida bo'lib o'tadi.
Format
Chorak final bosqichi faqat bitta o'yindan iborat bo'ladi. Jamoalar savatchalarga ajratilmaydi. Har qanday jamoa istalgan klubga to'qnash kelishi mumkin. Reglamentga ko'ra, quyi divizion vakili bu bosqichni o'z uyida o'tkazadi. Demak, faqat "Mirandes"ga o'z maydonida o'ynash kafolatlangan. Qolgan juftliklarda mezbon jamoa nomini qur'a aniqlab beradi.
Taqvim
Uchrashuvlar 5-6 fevral kunlari o'tkaziladi. 7 fevral kuni esa yarim finalga qur'a tashlanadi. Yarim final bosqichi 2ta o'yindan iborat bo'ladi. Yarim final o'yinlari 12 fevral va 4 mart kunlari o'tkaziladi. Final uchrashuvi 18 aprel kuniga belgilangan.