Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eden Azar jamoaning umumiy guruhdagi mashg'ulotlariga qaytdi. Bu haqda As nashri yozmoqda.
Eslatib o'tamiz, belgiyalik futbolchi noyabr oyi oxirida PSJga qarshi o'tgan Chempionlar Ligasi bahsida (2:2) jarohat olgandi.
Ma'lumot uchun, "Real" La Liganing navbatdagi turini 1 fevral kuni "Atletiko"ga qarshi o'tkazadi.