"Real" klubi chap qanot himoyachisi Marselo o'z jamoasi safida ajoyib natija qayd etdi. Kecha bo'lib o'tgan "Saragosa"ga qarshi Ispaniya kubogi doirasidagi uchrashuv 31 yoshli futbolchi uchun "Qirollik klubi" safidagi 500-o'yin bo'ldi.
Opta tarqatgan xabarga ko'ra, braziliyalik futbolchi "Real" safida besh yuzlik marrani zabt etgan ikkinchi legioner bo'ldi. "Madrid"ning sobiq himoyachisi Roberto Karlos "qaymoqranglilar" safida 527ta o'yinda maydonga tushgan.