Hademay Amerikada navbatdagi el-klasiko to'qnashuvi bo'lib o'tadi. Unda mutlaqo boshqacha “Real” va boshqacha “Barselona” maydonga tushadi. Zidan va Valverde xarid qilingan yangi futbolchilarni sinab ko'rishadi. Ha bu galgi el-klasiko oldingilaridan tubdan farq qiladi, asosiy maqsad munosib tayyorgarlik ko'rish.
Mazkur o'yinda “Real” Ronaldu va Ramossiz o'ynaydi. “Barselona” ustozi ham jamoaning ruhiyatiga singib ketib bo'lgan futbolchilarning o'rniga mazkur muhitga endigina qadam qo'yayotganlarni tushirsa kerak. To'g'ri, el-klasiko garchi o'rtoqlik o'yini bo'lsa-da, muxlislar uchun ayrim rasmiy o'yinlardan-da muhimroq. “Real” ham, “Barselona” ham qanday vaziyat va qanday uchrashuv bo'lishidan qat'iy nazar, el-klasikoda g'alabaga intilishi tayin. Bu shuni anglatadiki, navbatdagi o'yin ham ancha shiddatli kechadi.
Xo'sh, shu o'rinda savol tug'iladi? Messi maydonga tushmasligi kerakmi?
Davomi