«Real» prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Zayniddin Zidanni "MYu" yarim himoyachisi Pol Pogbaning transferidan voz kechishga ko'ndirdi.
Shu paytgacha "qaymoqranglilar" ustozi uchun 26 yoshli frantsiyalik futbolchini qo'lga kiritish bosh maqsad bo'lib turgan edi.
Bundan tashqari, Pogba sentyabr oyida olgan jarohatidan hamon tiklana olmayotgani «Manchester Yunayted» rahbariyatining xafsalasini pir qilmoqda.
Pogba ushbu mavsumda 8ta o'yinda maydonga tushib, 2ta golga uzatma berdi.