La Liganing 21-tur uchrashuvida "Real" "Valyadolid"ga mehmoni bo'ldi.
Zinedin Zidan shogirdlari minimal g'alabani qo'lga kiritishdi (0:1), buning evaziga ular chempionlik uchun kurashda "Barselona"ni ortda qoldirdilar.
Qiziqarlisi shuki, "qaymoqranglilar" 100 kun ichida birinchi marta Ispaniya La Ligasida peshqadamlik qilishdi. Endi madridliklar "Barselona"ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" 21-turdan so'ng 46 ochkoga ega bo'lib turibdi.