«Real» yarim himoyachisi Iskoga Evropaning ikkita top-klubi qiziqish bildirmoqda.
Calciomercato tarqatgan xabarga ko'ra, ispaniyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun «Liverpul» va «Yuventus» klublari da'vogarlik qilishmoqda.
Madridliklar 27 yoshli futbolchining narxini 70 million evroga baholashmoqda.
Isko 2013 yildan beri «Real» sharafini himoya qilmoqda. Olti yarim yillik faoliyati davomida futbolchi jami 294ta o'yinda maydonga tushib, 49ta gol urdi va 52ta golga uzatma berdi. Uning Isko bilan shartnomasi 2021/22 mavsum oxiriga qadar tuzilgan.